Ishda telefonim uchun internetni WiFidan foydalanaman. Asosan o`sha siz biladigan Windowsdagi Connectify-me dasturi orqali. Linuxda (Debian) ishlagan paytlarim muammo bo`layotgandi. Mana shu dasturga Linuxda ekvivalent dasturlarni qarab chiqib hostapd dasturini tanladim va uni sozlashga ham ikki soat vaqtim ketti, albatta u-bu resurslarga qarab. Ushbu postda mana dasturni sozlashni ko`rib o`tamiz.
Demak, hostapd va dnsmasq ni o`rnatib olamiz:
apt-get install hostapd dnsmasq
So`ngra WiFi tarqatish nuqtasining parametrlarini sozlaymiz, Buning uchun hostapd.conf ni biror tahrirlash dasturi yordamida ochamiz:
subl /etc/hostapd/hostapd.conf
Fayl tarkibiga quyidagi sozlashlarni kiritamiz:
interface=wlan0
driver=nl80211# WiFi tarqatish nuqtasining nomissid=rootg# 802.11g standartihw_mode=gchannel=6#WPA uchun 1, WPA2 uchun 2, WPA+WPA2 uchun 3wpa=2# Parol o`rnatamizwpa_passphrase=86543216
Agarda hostapdni ishga tushirsak WiFi nuqtasiga ulangan qurilmalar avtomatik tarzda IP ololmaydi, shuning uchun muammoni hal qilish uchun dnsmasq.conf faylida quyidagi ko`rinishdagi sozlashlarni yozamiz:
bind-interfacesinterface=wlan0# Qurilmalarga beriladigan IPlar oralig`i
dhcp-range=192.168.18.2,192.168.18.254
Endi bitta start.sh nomli shell skript fayl yaratib, wifi routerga IP berish va tarmoqdagi (eth0) internetni share qilish uning tarkibida quyidagilarni yozamiz:
#!/bin/bash
ifconfig wlan0 192.168.18.1service dnsmasq restartsysctl net.ipv4.ip_forward=1sudo iptables -t nat -A POSTROUTING -o eth0 -j MASQUERADEsudo hostapd /etc/hostapd/hostapd.conf
WiFi tarqatish nuqtasi tayyor!!!
sh start.sh
Комментариев нет:
Отправить комментарий